2015 yil 22-24 aprel kunlari Toshkentda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot- kutubxona resurslari – Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumanini bo‘lib o‘tdi. Konferensiya har yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilib kelinadi.
Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.