Elektron kutubxona

Axborot-kutubxona texnologiyalarining zamonaviy taraqqiyotini elektron axborot resurslarisiz tasavvur qilish aslo mumkin emas. Elektron kutubxona foydalanuvchilarga eng yuqori darajadagi axborot xizmatlarini taqdim etish jarayoni bo‘lib, o‘zida muayan bir tizimli ulanishni, shuningdek, foydalanuvchilar uchun an’anaviy kutubxona xizmatlari nomenklaturasini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishni mujassamlashtirgan kutubxona muassasasining yangi ko‘rinishidir.

“Elektron kutubxona — navigatsiya va qidiruvning zamonaviy vositalari bilan ta’minlangan, tartibga solingan turli-tuman elektron hujjatlar (shuningdek, kitoblar) kolleksiyasidir. Elektron kutubxonalar o‘zida juda katta hajmdagi materiallarni jamlagan holda universal hamda ixtisoslashgan bo‘ladi.

 Elektron kutubxona tashkil etish ishlari AQShda XX asrning 80-yillaridayoq boshlangan edi, Buuk Britaniyada esa 90-yillar boshida boshlangan. Odatda bu kabi ishlarni uncha katta bo‘lmagan mutaxassislar guruhi boshlab, keyinchalik bir necha yil davomida ular milliy dastur va xalqaro loyihalar maqomiga ko‘tariladi. Elektron kutubxonani tashkil etishda xorijda ko‘plab fondlar, qiziquvchi xususiy kompaniyalar, insonparvarlik tashkilotlari va hatto yakka shaxslar faol ishtirok etadi.

Elektron kutubxonadan foydalanish ta’lim jarayonini birmuncha jadallashtiradi. Bugungi kun foydalanuvchisi uchun elektron kutubxonadan foydalanishi uchun anchayin afzalliklarga ega. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, ta’limiy va ilmiy elektron resurslar qoida asosida huquqegalarining o’zlari yoki ularning roziligi bilan vujudga keladi. Ularning ko’pchiligi tijorat faoliyati negizida. Yuqoridagi mulohazaga eng to’g’ri keladigan yirik nashriyot uylaridan “Elsevier”, “Springer” lar misol bo’ladi.

So’nggi vaqtlarda ochiq havoladagi elektron ilmiy kutubxonalar paydo bo’ldiki, ulardan eng birinchi vakillar arXiv.org и PubMedCentral hisoblanadi.

 Xorijiy axborot resurslari bazasidan ma’lumot qidirish

Qidirish uchun kalit so`z (muallif, sarlavha, yil, mavzu va h.k.) ni asosan ingliz, fransuz, nemis tillarida kiriting…
Directory of Open Access BooksarXiv.orgBioMed CentralDirectory of Open Access Journals