Mutaxassislar uchun

Chuqur bilimga ega bo‘lgan kutubxona mutaxassisi elektron resurslarni tadbiq qilish va ulardan unumli foydalanishda foydalanuvchiga sifatli xizmat ko‘rsatadi. Kerakli ma’lumotlarni topa olishi va o‘z faoliyatida foydalana olishi bu albatta, har qanday ixtisoslik mutaxassisining burchidir. Bugungi zamonaviy mutaxassis quyidagilarni bilishi zarur:

  • aniq vazifalarni yechish uchun axborot ehtiyojini aniqlashi;
  • axborot resurslaridan mavjud qonun chiqaruvchi va etika normalari qaydlari asosida foydalanish;
  • axborot resurslariga kirishga ega bo‘lish;
  • axborotga yuksak baho berish;
  • jahon resurslaridan topilgan ma’lumotlardan ulkan vazifalarni yechishda foydalanish.

Bugungi kunda litsenziyali va ochiq elektron resurslar ko‘pgina kutubxonalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Bir necha yil avval to‘liq matnli ma’lumotlar bazasiga kirish imkoni ilmiy va oliy o‘quv yurtlari kutubxonalari foydalanuvchilari uchun bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu imkoniyatdan Milliy kutubxona foydalanuvchilari ham foydalanishmoqda. O‘tgan yillarda kutubxona litsenziyali va ochiq elektron resurslaridan foydalanishdan orttirgan ulkan ish tajribasi bilan o‘z foydalanuvchilari bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Quyida kutubxona mutaxassislari ish faoliyati davomida foydalanishlari uchun ba’zi bir jahonning yetakchi kompaniyalari ma’lumotlari bazasini keltirib o‘tamiz:

 

Cambridge JOURNALS sayti: http://www.journals.cambridge.org/

East View sayti: http://dlib.eastview.com/

Library and Archives Canada sayti: http://www.collectionscanada.gc.ca/

Royal Society Publishing sayti: http://www.royalsocietypublishing.org/

JSTOR sayti: http://www.jstor.org

ProQuest sayti: http://www.proquest.com/