O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan tashrif buyurdi

2015 yil 2 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan tashrif buyurdi.

Delegatsiya tashrifi chog‘ida Milliy kutubxona bo‘ylab kutubxonaning kundalik hayotiga tadbiq etilgan zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari bilan tanishtiruv ekskursiyasi olib borildi.

dsc_3145

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi binosi simpoziumlar Saroyi bilan birgalikda “Ma’rifat markazi” yagona monumental me’moriy kompleksini tashkil etadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi zamonaviy uskunalar va qo‘lyozmalar, kitoblar va kitob fondlarida saqlanuvchi boshqa  nashrlar bilan ishlashga mo‘ljallangan elektron vositalar bilan jixozlangan.

Mehmonni qutlar ekan, Milliy kutubxona direktori A.Xodjaev kutubxonaning qurilishi tarixi va hozirgi kundagi faoliyati, bu yerda foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, elektron bazani yaratishda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari, xalqaro aloqalar, shu jumladan, Koreya Milliy kutubxonasi bilan rivojlanib borayotgan hamkorlik to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Milliy kutubxonada “Koreyaga yo‘l” maxsus zali faoliyat ko‘rsatadi, chet tillarni o‘rganish Markazida esa koreys tilini o’rganish yo‘lga qo‘yilgan.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan tashrif so‘ngida bu yerda yoshlarning har tomonlama komol topishi uchun yaratilgan barcha sharoitlarga nisbatan o‘z samimiy taassurotlarini izhor etdi va Milliy kutubxonaga respublikaning ravnaqi yo‘lida ezgu tiklar tiladi.