JSTOR ilmiy jurnallar, kitob va dastlabki manbalar elektron kutubxonasidir. Qisqartirilgan ma’nosi (“journal storage”-jurnal saqlanadigan joy). Dastlab o‘nta iqtisod va tarix jurnallarini qamrab olgan JSTOR 1995 yil ettita turli joylardagi kutubxonalarning tashabbusi bilan yuzaga kelgan. U o‘zida iqtisod, tijorat, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, statistika, matematika, sog‘liqni saqlash, fizika, falsafa, antik tadqiqot, tilshunoslik, adabiyot va boshqa sohalar bo‘yicha nashrlarni saqlaydi. JSTOR 900 dan ortiq noshirlar bilan ta’minlangan. Ma’lumotlar bazasi 1900 nomdagi jurnallar, 50 dan ortiq mustaqil fan sohalarini qamrab oladi. Bugungi kunda 11663 ta obunachilarga ega.
Raqamli kutubxona akademik jurnallar, kitob va asosiy manbalarga ega. Bu esa 8000 dan ortiq muassasalarni deyarli 2000 ga yaqin to‘liqmatnli jurnallar qidiruvini ta’minlaydi. 160 dan ortiq mamlakatlarni JSTORga kirish imkoni bor (ko‘proq obuna bo‘yicha, lekin ba’zi eskiroq bo‘lgan jamoat ta’minotidagi domenlar uchun har qanday vaqtda erkin kirish imkoni bor).
JSTOR insonlarga keng ko‘lamli ta’minotni ulkan ilmiy-pedagogik platforma orqali ma’lum qiladi, foydalanish va o‘stirishga yordam beradi, bu ta’minotni kelajak avlodlar uchun saqlaydi.
JSTOR saytiga o’tish: http://www.jstor.org