ProQuest

ProQUESTProQuest - barcha bilimlar doirasidagi elektron axborot resurslarini etkazib beruvchi jahonning yirik amerika kompaniyasidir. U faoliyatini 1960 yilda boshlagan. Hamkorlikda barpo qilingan o‘sib boruvchi birlashma hozirda 90 000 ta nufuzli manbalarni, 6 milliard raqamli sahifalar olti yuz yillikni qamrab oladi.

Bu dunyoning eng ulkan dissertatsiya va tezislar majmuini qamrab oladi: 20 million sahifali va uch yuz yillik global, milliy, mintaqaviy bo‘lgan maxsus gazetalarini; 450 000 dan ortiq elektron kitoblarni, dunyoning eng zarur akademik jurnallari va davriy nashrlari majmuiga qimmatli bog‘lanishni; ulkan kutubxona va muzeylardan raqamli shaklga o‘girilgan tarixiy majmualarning noyob zahirasidir.

ProQuest ma’lumotlar bazasi universitet ta’limi, ilmiy tadqiqot va amaliyotga mo‘ljallangan, shu sababli kompaniyaning asosiy obunachilari dunyoning turli mamlakatlari universitetlari, akademik muassasalari, uyushma va korxonalaridir.

Majmuaning resurslar hajmi 1500 dan ortiq barcha mavzu nuqtai nazardan asosiy predmetlarning ma’lumotlar bazasi: texnik fanlar va yangi texnologiyalar, tabiiy fanlar, ekologiya, atrof muhitni himoya qilish, tibbiyot, ijtimoiy fanlar, biznes, iqtisod menejmenti, gumanitar fanlar va tasviriy san’atni tashkil etadi.

ProQuest – yuz minglab jurnal maqolalaridan, 60 mingdan ortiq nufuzli jurnallar, butun dunyoda nashr etilgan 700 000 dan ortiq kitoblar, darslik, monografiyalardan, 2.5 million dissertatsiyalar, 30 million sahifali raqamlashtirilgan tarixiy gazetalar,  tarixiy interfaol va geografik xaritalar, tarixiy multimediyali yilnomalar, audio va video ma’lumotlardan iborat. ProQuest «Digital Dissertations and Theses» ma’lumotlar bazasi – 80 ta mamlakat universitetlarida himoya qilingan doktorlik va magistrlik dissertatsiyalarning eletron to‘plamlaridan iborat. Dunyodagi dissertatsiya va avtoreferatlarning eng katta kolleksiyasidan iborat. 1,7 mingdan ortiq turli mamlakat universitetlari mualliflari ishlarining ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga oladi:

  • 2,9 millionga yaqin ilmiy ishlar;
  • 1,2 dan ortiq PDF formatdagi to‘liq matnlar;
  • ma’lumotlar bazasi har haftada to‘ldirib boriladi;
  • yiliga 75 000dan ortiq hujjatlar to‘ldirib boriladi;
  • arxiv sarhadi 1637 yildan bugungi kungacha
  • rus tilidagi interfeys;
  • rus tiliga Online tarjima;
  • 600 000 ga yaqin tibbiyotga oid dissertatsiyalar

ProQuest «Digital Dissertations Theses» ma’lumotlar bazasiga butunligicha, xuddi alohida tom ko‘rinishida kirish mumkin:

  • A jildi – ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha dissertatsiyalarga
  • B jildi – tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha dissertatsiyalarga

ProQuest «Digital Dissertations Theses» ma’lumotlar bazasida bilim barcha sohalari bo‘yicha taqdim etilgan, zamonaviy multimedia kontentlariga kirish, oliy saviyadagi ilmiy materiallarga bir zumda kirish va ish uchun a’lo darajadagi qidirish natijasiga ega bo‘lgan xizmat imkonini ta’minlaydi. IP-adres orqali chegarasiz bir vaqtning o‘zida kirish imkoni mavjud.  Nusxa olish, saqlash va ma’lumotni bosib chiqarish imkoniyatlarini yo‘lga qo‘ygan.

ProQuest saytiga o’tish: http://www.proquest.com/