KIBERLENINKA

«KIBERLENINKA» – ilmiy elektron kutubxona bo‘lib,  ochiq ilm(Open Science) paradigmasiga tuzilgan bo‘lib, asosiy vazifasi fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatiga umumiy nazorat,  xalqarointizomiy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy institutning ilmiy taqrizlari va rossiya fani sitatasini ko‘tarish hisoblanadi.

«KIBERLENINKA» bilimni ochiq kirish (Open Access) bo‘yicha ommalashuvini qo‘llab-quvvatlaydi, elektron ko‘rinishdagi ilmiy nashrlarga operativ bepul kirishni ta’minlaydi, ya’ni,  Creative Commons Attribution (CC-BY) ni litsenziyasi bo‘yicha shartnomaga binoan huquqiga egalik qilish bilan joylashtiriladi.

Kutubxona Rossiya jurnallarida va yaqin xorijda nashr qilingan ilmiy maqolalarni, shuningdek, ilmiy jurnallarda dissertatsiya tadqiqot natijalarini nashr etish uchun RF VAK ro‘yxatiga kiritilgan yetakchi ilmiy nashriyotlarni butlaydi.

Kutubxonada namoyish etilgan ilmiy matnlar internetda bepul joylashtirilgan, ochiq kirish mumkin va kutubxona saytidagi ommaviy qidiruv tizimi yordamida to‘liq matnli rus morfologiyasi ilmiy qidiruv tizimi vositasida topilishi mumkin.

Kutubxona foydalanuvchilariga ilmiy ishlarni planshet ekranlarida, mobil telefonlarda va boshqa zamonaviy mobil qurilmalarda  o‘qish imkoniyati taqdim etadi. Kutubxonada 497 596 ilmiy maqolalar mavjud bo‘lib, har oyda qatnovchilar 1 500 000tani tashkil etadi.

«KIBERLENINKA» saytiga o’tish:  http://www.cyberleninka.ru/