OECD iLibrary (Organisation for Economic Cooperation and Development) - har yili 300 dan 500 ta orasida kitob chiqaradi. Ko‘pgina kitoblari ingliz va fransuz tillardagi nashrlardir. SHuningdek, hisobotlar, statistika, ishchi hujjatlar va ma’lumot materiallarini nashr etadi. OECDiLibrary orqali 1998 yildan boshlab barcha nomdagi nashrlar va ma’lumotlar bazasiga kirish imkoni mavjud.
OECD iLibrary Iqtisodiyot bo‘yicha Hamkorlik va Rivojlantirish Tashkilotining (Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) onlayn kutubxonasi hisoblanib, uning kitoblari, hujjatlari va statistikasi, tahlili va berilgan ma’lumotlariga kiriladi.
OECD iLibrary shuningdek, Xalqaro Energetika Agentligi (the International Energy Agency (IEA)) nashrlarini, YAdro energiya ta’siri (the Nuclear Energy Agency (NEA)), OECD, PISA ilmiy tekshirish markazi (the OECD Development Centre, PISA (Programme for International Student Assessment) va Xalqaro Transport Forumi nashrlarini saqlaydi.
OECD iLibrary barcha ma’luomotlarni namoyish etadi, shuningdek, foydalanuvchilar topishi va jadvallardan sitata va ma’lumot bazalarini olishi oson bo‘lib, boblarga har qanday formatda kirish imkoni mavjud, ya’ni PDF, WEB, XLS, Active Chart, DATA, ePUB, READ.
OECD iLibrary butun dunyoning 2000 dan ortiq obunachi muassasalariga kirish imkonini berib, 100 dan ortiq mamlakatning taxminan 25 million foydalanuvchilari nashrlarini joylashtirgan.
Imkoniyatlari:
9 900 ebook nomlari
42 000 bob
96 700 jadval va ustunlar
4 370 maqolalar
4 330 ko‘ptillik rezyume
4 490 ishchi hujjatlar
42 ta ma’lumotlar bazasi orqali 5 milliard shaxsiy mazmundagi ma’lumotlar.
OECD iLibrary – noyob ko‘p sohalarni qamrab olgan bo‘lib, tarkibiga kitoblar, jurnallar, hisobotlar va quyidagi yo‘nalish bo‘yicha: qishloq xo‘jaligi, atrof muhit, bandlik, yadro energetikasi, muhojirlik, sog‘liqni saqlash, transport, moliya va sarmoyalar, soliqlar, boshqaruv, shaharlarni, qishloq va mintaqalarni rivojlantirish, iqtisodiyot, fan va texnologiya, sanoat, xizmatlar va savdo statistikasini o‘z ichiga oladi.
OECD iLibrary saytiga o’tish: http://www.oecd-ilibrary.org/