Butun jahon banki – xalqaro moliyaviy tashkilot bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun moliyaviy va texnik tomondan madad berish maqsadida tashkil etilgan. Butun jahon banki davlat tashkilotlari tomonidan boshqariladigan beshta muassasalardan iborat:
- Xalqaro qayta qurish va rivojlantirish banki (The International Bank for Reconstruction and Development);
- Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi (The International Development Association);
- Xalqaro moliyaviy uyushma (The International Finance Corporation);
- Investitsiya bo’yicha kafolatlangan ko’p tarmoqli agentlik (The Multilateral Investment Guarantee Agency);
- Investitsion munozaralarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markaz (The International Centre for Settlement of Investment Disputes);
Butun jahon bankiga 1944 yil asos solingan bo’lib, u Vashingtonda, Kolumbiya okrugida joylashgan. Uning dunyo bo’ylab 120 dan ortiq ofislarida 10 000dan ortiq xizmat xodimlari faoliyat yuritishadi.
The World Bank saytiga o’tish: http://www.worldbank.org/