Yordam

Iltimos, diqqat bilan ma’lumot veb portali tizimining ishlash qoidalari bilan tanishib chiqing!

Asosiy foydalanish qoidalari

  1. Jahon axborot resurslaridan foydalanish uchun quyidagi amallar bajariladi. Eng avvalo ma’lumot veb portalida joylashgan “Resurslar” tugmasini bosish orqali 3 qadamdan iborat quyidagi oynalarni ochish zarur:

1-qadam. “Ochiq axborot resurslari” oynasida 30 ta jahonning yetakchi kompaniya va nashriyotlarining  ochiq axborot resurslari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz. Ulardan nafaqat Milliy kutubxona o‘quv zallari va kutubxona saytidan, balki Internetga ulangan hohlagan manzildan foydalanish imkoni mavjud. Shuningdek, “Ochiq axborot resurslari” oynasidan quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin:

  • ma’lumotlarni o‘qish;
  • xorijiy sayt ma’lumotlaridan bevosita nusxa olish;
  • xohlagan sahifa miqdorini betma-bet chop etish.

2-qadam. “Litsenziyali axborot resurslari” oynasida 6 ta litsenziyali jahonning yetakchi kompaniya va nashriyotlari axborot resurslari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz. Ulardan faqat Milliy kutubxona o‘quv zallaridan foydalanish imkoni mavjud. Shuningdek, “Litsenziyali axborot resurslari” oynasidan quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin:

  • ma’lumotlarni o‘qish;
  • resurslar haqida tanishish

3-qadam. “Mutaxassislar uchun” oynasida aynan kutubxona mutaxassislari uchun jahonning yetakchi kompaniya va nashriyotlarining axborot resurslari keltirilgan. Ushbu resurslar mutaxassislar uchun yangiliklarga boydir.

  1. “Yangiliklar” bo‘limida Siz aynan kutubxona faoliyatida fan, ta’lim, madaniyat va biznesni rivojlantirishda jahon axborot resurslari haqidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lasiz.
  2. “Mualliflar uchun” bo‘limida mualliflar uchun ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, unda ba’zi bir jahonning yetakchi kompaniya va nashriyotlari jurnallariga maqolalarni berish qoidalari keltirilgan.
  3. “Elektron kutubxona” bo‘limida bir necha jahonning yetakchi kompaniya va nashriyotlari veb saytlari keltirilgan bo’lib, ma’lumotlarni olish uchun to’g’ridan-to’g’ri saytga kiriladi.
  4. “Portal haqida” bo‘limida Siz ma’lumot veb portalining yaratilishi va maqsadlari bilan tanishib chiqasiz.
  5. “Yordam” bo‘limida fan va ta’limga oid jahon axborot resurslaridan tez va qulay foydalanishdagi qoidalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
  6. “Aloqa” bo‘limida Sizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz uchun ma’lumot veb portali manzili va veb sayti keltirilgan.